Akkauntni o'chirish

Akkauntni Prime ilovasida yoki saytda o'zingiz o'chirishingiz mumkin: kiring → Shaxsiy kabinet → Anketa → «Akkauntni o'chirish». Kira olmasangiz, @PrimeUY_bot ga /support buyrug'i bilan telefon raqamingizni yozing — 7 kun ichida o'chiramiz.

Akkaunt o'chirilganda ism, telefon, email, Telegram, manzillar, pasport rasmlari va karta rekvizitlari butunlay o'chiriladi. Bajarilgan buyurtmalar tarixi soliq va hisob-kitob uchun shaxsiy ma'lumotlarsiz saqlanadi.